2025- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra viloyatda 5 819 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 989 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 17,0% i) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 963 tasi (16,5 %) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 749 tasi (12,9 %) kiyim ishlab chiqarishga, 476 tasi (8,2 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga va 461 tasi (7,9 %) to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelgan.