Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan dastlabki ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylari holatiga viloyatda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 761,0 ming so‘mni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga:
Farg‘ona shahrida - 8 436,3 ming so‘m
Qo‘qon shahrida - 5 924,8 ming so‘m
Uchko‘prik tumanida - 3 859,9 ming so‘m
Quvasoy shahrida - 3 587,9 ming so‘mga to‘g‘ri kelib, viloyat ko‘rsatkichidan yuqoridir.