Farg‘ona viloyatida 2025-yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan tirik tugʻilganlar soni 22,4 ming kishini, har ming aholiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti 21,9 promilleni tashkil etdi. Tugʻilganlar soni 2024-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 0,5 ming nafarga kamaygan. Vafot etganlar soni 4,4 ming kishini, har ming aholiga nisbatan oʻlim koeffitsiyenti 4,3 promilleni tashkil etdi. Vafot etganlar soni 2024-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 0,2 ming nafarga koʻpaygan.