Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylari holatiga 62,5 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 45,4 % ini tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan 13,0 % ga kamaydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (20 %), ip kalava (54 %) asosiy ulushni egallagan.