13/05/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha xizmatlar eksporti hajmi 3,0 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 2,2 % ini tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 82,3 % ga ko‘paydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport (32,6 %), safarlar (turizm) (26,9 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (25,6 %) va moliyaviy xizmatlar (14,9 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.