Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-iyun oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan hajm 14 632,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 134,6 % ni tashkil etdi. Ularning jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmidagi ulushi esa 95,5 % ga yetdi.