2025-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 95,2 ming tonna go‘sht ishlab chiqarildi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 102,1 % ni tashkil etdi. Go‘sht ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, Go‘sht ishlab chiqarishning eng katta hajmi 71,6 ming tonna dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.
Hududlar kesimida go‘sht ishlab chiqarishning eng yuqori hajmi
Farg‘ona t - 24,4 ming tonna
Oltiariq t – 6,2 ming tonna
Bag‘dod t - 6,2 ming tonna
Quva t – 5,5 ming tonna
Farg‘ona sh – 5,1 ming tonnaga to‘g‘ri keldi.