Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 7403 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 139 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 7 264 tani tashkil qildi. Viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 17 178,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan 109,1 % ga yetdi.
Shundan:
Yirik savdo tashkilotlari - 2 138,3 mlrd so‘mni
Kichikbiznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari - 13 620,1 mlrd so‘mni
- shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi - 1 420,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.