Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 4 222 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 29 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4 193 tani tashkil qildi.
Viloyat bo‘yicha 2025- yilning yanvar-iyun oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 12 619,0 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 10,9 % ga o‘sdi.
Shundan:
Kichik biznes subektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi - 12 080,7 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,3 % ga to‘g‘ri keldi. Viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 95,7 % ni tashkil qildi.