2025-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 3,0 ming tonnaga yaqin uzum yetishtirildi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 108,0 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan uzum umumiy hajmining eng yuqori ulushi Oltiariq (44,9 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, yuqori ulush Qo‘shtepa (13,9 %), Farg‘ona (9,3 %), Rishton (6,5 %), Buvayda (4,2 %) tumanlarida ham qayd etildi.