31/07/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar- iyun holatiga, Qo‘shtepa tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1 210,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 3,4 % ga oshgan.

Shundan:

Don – 75,8 ming tonna

Kartoshka – 14,7 ming tonna

Sabzavotlar – 32,9 ming tonna

Poliz ekinlari – 5,2 ming tonna

Meva va rezavorlar – 11,5 ming tonna

Uzum- 411,1 tonna

Go‘sht tirik vaznda – 4,0 ming tonna

Sog‘ib olingan sut hajmi – 27,9 ming tonna

Olingan tuxum soni – 19,0 mln dona

Yirik shoxli qoramollar – 63,5 ming bosh

Qoy va echkilar – 60,3 ming bosh

Parrandalar – 690,4 ming boshni tashkil etdi.