Joriy yilning 1-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati”da qatnashib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinayotgan materiallar bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari, Milliy statistika qo‘mitasi media markazi tomonidan yaratilgan “Intervyuyerning bir kuni “, “Eng namunali hisobot topshiruvchi tadbirkorlik subyektlari”, “Ortga qaytmas islohotlar”, ““Kun uz” sayti muxbirlari bozorda narx kuzatuvlarida qatnashdi” videoroliklar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishdan so‘ng soha mutaxassislari roliklar bo‘yicha o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar.