Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-iyun oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha otlar bosh soni 10,9 mingtani tashkil etdi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 103,3 % ga yetdi. Otlar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, 3,0 ming bosh fermer xo‘jaliklari hissasiga, 7,7 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 0,2 ming bosh qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etish lozim.