Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-iyun oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha parrandalar bosh soni 402,5 mingtani tashkil etdi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 102,2 % ga yetdi. Sigirlar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, 37,6 ming bosh fermer xo‘jaliklari hissasiga, 360,1 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 4,8 ming bosh qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etish lozim.