Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar- iyun holatiga Farg‘ona viloyatining doimiy aholisi soni 4 181,0 ming kishini tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,0 foizga koʻpaygan. Tugʻilganlar soni 46,0 ming nafarni, vafot etganlar 8,9 ming nafarni tashkil etib, tabiiy oʻsish 37,1 ming kishiga teng boʻldi. Viloyatimizga koʻchib kelganlar soni 7 667,0 kishini va viloyatimizdan koʻchib ketganlar soni 8 329 kishini, qayd etilgan nikohlar 9,8 mingtani, nikohdan ajralishlar 2,6 mingtani tashkil etgan.