2025-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 3,8 ming tonna baliq ovlangan. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 104,8 % ni tashkil etdi. Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilganimizda eng katta hajmi 3,3 ming tonna fermer xoʻjaliklariga to‘g‘ri kelgan.