Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar- iyun holatiga, So‘x tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1 425,1 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 5,6 % ga oshgan.
Shundan:
Don – 4,0 ming tonna
Kartoshka – 13,1 ming tonna
Sabzavotlar – 6,7 ming tonna
Meva va rezavorlar – 4,0 ming tonna
Go‘sht tirik vaznda – 1,5 ming tonna
Sog‘ib olingan sut hajmi – 18,5 ming tonna
Olingan tuxum soni – 4,6 mln dona
Yirik shoxli qoramollar – 25,3 ming bosh
Qoy va echkilar – 26,4 ming bosh
Parrandalar – 91,0 ming boshni tashkil etdi.