04/09/2025

     Joriy yilning 29-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatovga berdi  va  xafta davomida qabul qilingan xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining                2025-yil 21-avgust kuni  “O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-262-son Prezident qarori  hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgust kungi “Kasb va xorijiy tillarga o‘qitish uchun vaucher berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 527-son qarorlarining mazmun-mohiyatini yuzasidan ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada, mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishning moddiy-texnik bazani xalqaro talablarga moslashtirish va futbol maydonlarini ko‘paytirish orqali futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini oshirish, iqtidorli futbolchilarni saralab olish, ularni professional futbolchi sifatida tayyorlash tizimini to‘liq raqamlashtirish, “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimi yaratilganligi, 2026- yil 1- yanvardan tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish mazkur axborot tizimi orqali amalga oshirilishi, 2026- yil 1-martdan futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid qilish shaxsni identifikatsiya qilish hamda matritsali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshirilishi haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025- yil 20- avgust kungi “Kasb va xorijiy tillarga o‘qitish uchun vaucher berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi  527-son qarori qabul qilinganligi, mazkur qarorga ko‘ra, nizom ishsizlar, shu jumladan, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxslarni kasb va xorijiy tillarga o‘qitish xarajatlarini vaucher asosida qoplab berish tartibini belgilanganligi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ecosys.mehnat.uz tizimida vaucher asosida ushbu toifadagi shaxslarni o‘qitadigan ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri yuritilishi shu va boshqa ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, 2025- yilda Mustaqillik bayrami Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanishi belgilangan. Mustaqillikning 34 illigiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda joylarda tadbirlar o‘tkazilishi belgilanganligi haqida ham nushuncha berildi.