04/09/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1- yanvar oyi holatiga Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 28 076 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar sonining eng ko‘pi:

Savdo sohasida - 11 594 ta (jamiga nisbatan 42,5 %)

Sanoat tarmoqlarida - 5 540 ta (19,7 %)

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida - 1 186 ta (4,2 %)

Qurilishda -2 023 ta (7,2 %)

Yashash va ovqatlanishda - 1 843 ta (6,5 %)

Tashish va saqlashda - 1 322 ta (4,7 %) qayd etilgan.