Fargona viloyati aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida, viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan har oyda uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o`tkazish rejalashtirilgan. Xususan, joriy yilning 3-sentabr kuni statistika boshqarmaning Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi B. Hamdamov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Bag‘dod tumaniga qarashli “Konizar” MFYda istiqomat qiluvchi I. Sarimsaqovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Tanlanma kuzatuv natijalaridan aholining turmush darajasi, ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, kambag‘allik ko‘rsatkichlarini, iste’mol narxlari indeksini hisoblashda, milliy hisoblar tizimida uy xo‘jaliklari sektori hisoblarini tuzishda va boshqa statistika hisob-kitoblarda foydalaniladi.