Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 24,7 mln AQSH dollari qiymatidagi 36,4 ming tonna o‘rik eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 4,6 ming tonnaga kamdir.