04/09/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1- yanvar oyi holatiga Farg‘ona viloyatida ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar sotishdan tushgan sof tushum 1 612,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu esa 2023- yilning mos davriga nisbatan 244,3 mlrd so‘mga ko‘p demakdir.

2024- yilda rahbari ayol kishi bo‘lgan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar sotishdan tushgan sof tushumning ulushi jami sof tushumning 2,5% ni tashkil etgan.