Keyingi yildan boshlab, davlat organlariga ishga qabul qilish va yuqori lavozimga tayinlash uchun xorijiy tilni bilish talab qilinadi. Til bilgan xodimlarga ustama to‘lanishi belgilangan. Mana shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlarini chet tillarini o‘rganish maqsadida ingliz tili kurslari o‘qitilishi boshlandi. Xususan, joriy yilning 3- sentabr kuni Farg‘ona davlat uniqersiteti qoshida ochilgan o‘quv markazi o‘qituvchisi N. Raxmonqulov tomonidan dastlabki mashg‘ulotlar o‘tkazildi.