04/09/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan joriy qilingan innovatsiyar 107 tani tashkil etgan. Bunda 2023- yilga nisbatan innovatsiyalar soni 70 taga oshgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan amalga oshirilgan innovatsiyalar sonining eng ko‘pi:

Sanoatda - 58 ta

Savdo sohasida - 17 ta

Xizmat ko‘rsatish - 28 ta

Qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 3 ta

Qurilish sohasida - 1 ta tani tashkil etgan.


Hududlar bo‘yicha joriy etilgan innovatsiyalarning eng ko‘pi:

Qo‘qon sh - 13 ta

Marg‘ilon sh - 18 ta

Farg‘ona sh -11 ta

Beshariq t - 11 ta

Uchko‘prik t -6 ta

Bag‘dod t -8 ta

Yozyovon tumanida - 4 ta qayd etilgan.