Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 886,4 ming AQSH dollari qiymatidagi 755,2 tonna qalampir eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 280,8 tonnaga ko‘pdir.