Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Farg‘ona shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 707 ta sanoat korxonalari tomonidan 7 034,1 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2024- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 102,8 % ni tashkil etgan.