Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 773,3 ming AQSH dollari qiymatidagi 512,2 tonna sarimsoq piyoz eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 229,8 tonnaga ko‘pdir.