Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Qo‘qon shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 678 ta sanoat korxonalari tomonidan 4 888,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2024- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 108,7 % ni tashkil etgan.