Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 486,5 ming AQSH dollari qiymatidagi 652,2 tonna mosh eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 1483,5 tonnaga kamdir.