Joriy yilning 8-sentabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi N.Qodirova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Qo‘qon shahridagi Asurali Zoxiriy mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan xonadonda so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma jarayonida aholining turmush darajasi, ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, kambag‘allik ko‘rsatkichlarini, iste’mol narxlari indeksini hisoblash va boshqa shu kabi ma’lumotlar shakllantirildi. Kuzatuvda olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.