Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2024- yilda rahbari ayol kishi bo‘lgan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi 404,1 mlrd so‘m miqdorida qayd etilib, jami kichik korxona va mikrofirmalar ishlab chiqargan sanoat mahsulotining 2,3 % ini tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha sanoat mahsuloti hajmining eng katta ulushi Dang‘ara tumaniga (141,9 mlrd so‘m) to‘g‘ri keldi.