Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning barcha hududlaridauy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 9-sentabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi M. Parpiyeva tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Qo‘qon shahridagi “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan xonadonda so‘rovnoma o‘tkazilib, respondentdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.