Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Quva tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 265 ta sanoat korxonalari tomonidan 475,1 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2024- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 101,5 % ni tashkil etgan.