Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 461,1 mlrd so‘m miqdorida qayd etilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 119,2 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 14,7 % ni tashkil etgan.
Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining 2024-yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’atlari:
Yozyovon tumanida - 2,8 marta
Toshloq tumanida - 2,7 marta qayd etilgan.