Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Furqat tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 173 ta sanoat korxonalari tomonidan 470,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2024- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 107,3 % ni tashkil etgan.