Ko‘p yillik statistika dasturi nima?
Ko‘p yillik statistika dasturi umuman milliy statistika tizimi uchun ishlab chiqiladi va rasmiy statistikaning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydi. Ko‘p yillik statistika dasturi milliy statistika tizimini rivojlantirish konsepsiyasidan, strategik maqsadlaridan va ustuvor yo‘nalishlaridan, shuningdek rasmiy statistikasini rivojlantirishga doir dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlaridan iboratdir.
(Manba - "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi Qonunining 20-moddasi)