Davlat xizmatchisi mamlakat manfaatlariga xizmat qiladi va jamiyatda davlatning yuzi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois, ularning tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga belgilangan talablarga qat’iy rioya etishi zarur.
Quyida davlat xizmatchilari kiyimiga qo‘yiladigan asosiy talablar keltirilgan:
Rasmiy uslubda kiyinish
• Davlat xizmatchilari xizmat vaqtida faqat rasmiy (klassik) uslubda kiyinishlari shart.
• Erkaklar uchun: kostyum-shim, oq yoki och xavorang rangli ko‘ylak, galstuk, klassik poyabzal.
• Ayollar uchun: klassik kostyum, kamtarona ko‘ylak yoki bluzka va yubka, past poshnadagi poyabzal.
Tozalik va saranjomlik
• Kiyimlar toza, dabdabasiz hamda yaxshi yuvilgan va dazmollangan bo‘lishi lozim.
• Poyabzal ham har doim toza va saranjom holda bo‘lishi kerak.
Kamtarlik va mutanosiblik
• Yorqin, bezakli, juda ziynatli yoki moda ortidan quvgan kiyimlar xizmat davrida taqiqlanadi.
• Kiyimlar xizmat vazifasiga mos, kamtar va ishbilarmon uslubda bo‘lishi talab etiladi.
Shaxsiy gigiyena va tashqi ko‘rinish
• Davlat xizmatchilari soqol, mo‘ylov va soch turmagini saranjom holda saqlashlari kerak.
• Shaxsiy gigiyena qoidalariga doimo rioya etiishlari talab qilinadi.
Ortiqcha aksessuarlardan voz kechish
• Ortiqcha taqinchoqlar, ziynat buyumlari, diqqatni o‘ziga jalb qiluvchi aksessuarlar taqiqlanadi.
• Soat taqish mumkin, ammo u ham rasmiy uslubda va kamtar bo‘lishi kerak.