17/09/2025

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025-yil 3-sentabrdagi xatiga asosan, sentyabr oyi “Xon atlas” oyligi deb e’lon qilindi. Bu tashabbus doirasida mamlakatimiz bo‘ylab milliy liboslarimiz orqali qadriyatlarimizni targ‘ib qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining xotin-qizlari ham mazkur festivalda faol ishtirok etib, go‘zal milliy liboslar — xon atlaslarda ijodiy chiqishlar namoyon etdilar.

Milliy va zamonaviy uslublarning uyg‘unligi, betakror rang va naqshlar orqali ifodalangan har bir obraz xalqimizning boy madaniy merosi, estetik qarashlari va an’analariga bo‘lgan yuksak hurmatni aks ettirdi.

Bunday tadbirlar yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalashda, qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lashda muhim ahamiyat kasb etadi.