17/09/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Qo‘qon shahrida ro‘yhatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 6 063 ta qayd etilgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 3 803 ta ni tashkil etilib, 426 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar soni:

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 34 ta

Sanoat – 694 ta

Qurilish – 195 ta

Savdo – 1 406 ta

Tashish va saqlash – 145 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 180 ta

Axborot va aloqa – 72 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 153 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 924 taga to‘g‘ri keldi.