17/09/2025

Statistika registrlari - statistika maqsadlarida foydalanish uchun zarur bo‘lgan statistika birliklarining va ular tavsiflarining ro‘yxatlari, shu jumladan identifikatorlar statistika registrlaridir.
Jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi registrlarni va ma’lumotlar bazalarini yaratadigan hamda yuritadigan davlat organlari va ularning tasarrufidagi tashkilotlar rasmiy statistikani tayyorlovchilarga statistika registrlarini shakllantirish hamda o‘z vaqtida yangilash uchun zarur bo‘lgan axborotni bepul taqdim etadi.

(Manba - "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi Qonunining 25-moddasi).