17/09/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Marg‘ilon shahrida ro‘yhatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 4 261 ta qayd etilgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2 778 ta ni tashkil etilib, 281 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar soni:

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 27 ta

Sanoat – 565 ta

Qurilish – 171 ta

Savdo – 999 ta

Tashish va saqlash – 72 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 119 ta

Axborot va aloqa – 68 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 85 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 672 taga to‘g‘ri keldi.