Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Qo‘shtepa tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 1 981 ta qayd etilgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 341 ta ni tashkil etilib, 164 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar soni:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 92 ta
Sanoat – 215 ta
Qurilish – 62 ta
Savdo – 469 ta
Tashish va saqlash – 38 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 62 ta
Axborot va aloqa – 20 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 64 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 319 taga to‘g‘ri keldi.