Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yil 1-sentabr holatiga Buvayda tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 619 ta qayd etilgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 483 ta ni tashkil etilib, 211 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar soni:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 46 ta
Sanoat – 251ta
Qurilish – 53 ta
Savdo – 580 ta
Tashish va saqlash – 31 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 63 ta
Axborot va aloqa – 30 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 73 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 356 taga to‘g‘ri keldi.