Aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi - O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.
(Manba - "Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi Qonunining 4-moddasi).