Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yil 1-sentabr holatiga Beshariq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 054 ta qayd etilgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 344 ta ni tashkil etilib, 201 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar soni:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 95 ta
Sanoat – 186 ta
Qurilish – 45 ta
Savdo – 420 ta
Tashish va saqlash – 44 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 37 ta
Axborot va aloqa – 12 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 82 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 423 taga to‘g‘ri keldi.