Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yil 1-sentabr holatiga Uchko‘prik tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 3 041 ta qayd etilgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 904 ta ni tashkil etilib, 215 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar soni:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi - 54 ta
Sanoat – 469 ta
Qurilish – 128 ta
Savdo – 699 ta
Tashish va saqlash – 43 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 65 ta
Axborot va aloqa – 14 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 76 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 356 taga to‘g‘ri keldi.