Joriy yilning 23-sentabr kuni soat 11-00 da Dang‘ara tumani, Navbahor MFY, Toshkent ko‘chasi, 137-uyda joylashgan tuman statistika bo‘limi binosida statistika sohasida uchrayotgan muammoli masalalarni hal etish maqsadida, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Zokirov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari uchun sayyor qabul kuni tashkil etiladi.
Shu munosabat bilan, barcha jismoniy va yuridik shaxslarni mazkur tadbirga taklif etamiz.




