Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yil 1-sentabr holatiga Dang‘ara tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 648 ta qayd etilgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 565 ta ni tashkil etilib, 173 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar soni:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi - 85 ta
Sanoat – 328 ta
Qurilish – 77 ta
Savdo – 559 ta
Tashish va saqlash – 42 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 68 ta
Axborot va aloqa – 10 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 52 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 344 taga to‘g‘ri keldi.