30/09/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida Farg‘ona viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 71,6 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil etdi;

- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 21,2 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 31,9 % ga o‘sgan;

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 7,2 % ulushni va 2024-yilning mos davriga nisbatan 122,2 % ni tashkil etdi.