Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yil yanvar-avgust oylari holatiga, Farg‘ona viloyati jahonning 84 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasida (31,3 %), Xitoy Xalq Respublikasida (29,8 %), Qozog‘iston Respublikasida (10,1 %), Turkiya davlatida (5,0 %) va Qirg‘iz Respublikasida (4,9 %) qayd etilgan.